Muallif: Abdullaev, Umid Kamilovich
Annotatsiya: Mazkur tadqiqotda sog‘lom, o‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK) hamda zotiljamga tez-tez chalinuvchi bolalarda hujayraviy va gumoral immunitetning ayrim ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqot Orol bo‘yi hududining noxush ekologik sharoitida yashovchi bolalar orasida olib borilib, turli yosh guruhlariga mansub sog‘lom bolalar hamda tez-tez kasallanuvchi bolalarning immunologik holati solishtirma asosda baholandi. Olingan natijalar sog‘lom bolalarda ham immun tizimi ko‘rsatkichlarining nisbatan pasayganligini, O‘RK va zotiljam bilan tez-tez kasallanuvchi bolalarda esa T- va B-limfotsitlar miqdorining kamayishi, neytrofillarning fagotsitar faolligi susayishi hamda IgG darajasining pasayishi bilan birga IgM ko‘rsatkichlarining oshishini ko‘rsatdi. Aniqlangan o‘zgarishlar ekologik noxush omillar, doimiy antigen yuklamasi va immun tizimning yashirin funksional yetishmovchiligi bilan izohlanadi.
Kalit so'zlar: hujayraviy immunitet, gumoral immunitet, bolalar, o‘tkir respirator kasalliklar, zotiljam, ekologik omillar, T-limfotsitlar, B-limfotsitlar, fagotsitar faollik, immunodefitsit.
Jurnaldagi sahifalar: 479 - 484