27.02.2022
386
SOG‘LOM E’TIQOD - KOMILLIK NISHONASI

Muallif: Mustafayev, Ulash Utayevich

Annotatsiya: Globallashuv jarayonida va XXI asrning 20-yillarida dunyo mamlakatlarini qamrab olgan pandemiya davrida moddiy va ma’naviy qadriyatlarga nisbatan e’tiqodni to‘g‘rilash, aniqrog‘i esa tarbiyalash juda ham murakkab kechayotganligi tahlil qilinadi. Sharqda, jumladan Movarounnahrda e’tiqod tarbiyasi davlat rahbarlari ma’ruzalarida, mutafakkir olimlarning ilmiy asarlarida va mahalla-kuy hamda oilalarda ota-onalarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Faqat sobiq Sho‘rolar hukumati davrida bu jarayonga bir tomonlama yondoshib, diniy e’tiqodga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatildi. Dunyoviy e’tiqod ham noto‘g‘ri talqin etildi. XIV asr mobaynida islom ma’naviyati dastlabki nozil bo‘lgan paytdan boshlab insonni dunyoviy va diniy e’tiqodda komillikka da’vat etib kelayotganligi hech kimga sir emas. Jamiyatda fuqarolarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma’suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash va mehnatsevarlik axloqiy fazilatlarining indikatori bu amaliyot va dunyoqarashdir. Shaxsning amallari va dunyoqarashi ma’rifat bilan qaror topadi va rivojlanib boradi.

Kalit so'zlar: e’tiqod, komillik,uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi, Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma’suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik,indikator.

Yuklab olish