04.04.2025
106
SIYOSIY NUTQ TARJIMASI, MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI

Muallif: Shabanov, Djumali Kazimovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada tarjima va sinxron tarjima haqida o‘z fikrlarimizni bildirishga harakat qildik. Tarjimaning juda qadimgi san’at ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Lekin bu kasbning o‘ziga yarasha muammolari, qiyinchiliklari ayniqsa, juda katta ma’suliyati borligini ba’zan unutamiz. Maqolamiz mavzusi bo’lgan siyosatchilar nutqini tarjima qilishda esa bu ma’suliyat o‘n chandomdan ortadi. Ushbu maqolada biz Turkiya, O‘zbekiston hamda Ozarbayjon davlat rahbarlarining nutqlarini tarjima qilishdagi ba’zi bir misollarni keltirishga harakat qildik. Tarjimadagi muammolar va ularning yechimini topishga harakat qildik. Maqolada urg’u berilganidek bir tildan ikkinchi tilga tarjima qiluvchi mutaxassis har ikki tilni mukammal bilishi, u davlatlarning tuzumini, urf-odatlarini, siyosati va iqtisodini madaniyati va adabiyotini chuqur egallashi kerakligini ifodalashga harakat qildik.

Kalit so'zlar: Tarjima, Tarjimon, Sinxron tarjima, siyosat terminlari, siyosatchi nutqi, aldamchi so’zlar, tarjimada aldamchi so‘zlarni tarjima qilish, so‘zlarning semantikasi, Grammatik tizim va tuzilish, Leksik qatlam.

Jurnaldagi sahifalar: 123 - 129

Yuklab olish