Muallif: Rasulova, Jasmina Djamshid qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq va G‘arb renessansi uyg‘unlik va tafovutlar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda analiz–sintez, induksiya–deduksiya hamda qiyosiy-tarixiy metodlar asosida ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi madaniy, siyosiy, iqtisodiy va texnik aloqalarning shakllanish jarayoni yoritilgan. Sharq renessansi mutafakkirlarining (al-Farobiy, Ibn Sino, Beruniy) ilmiy merosi G‘arb uyg‘onishiga qanday ta’sir qilgani, Yevropa olimlarining bu jarayonga nisbatan tor doiradagi qarashlari tahlil etilgan. Zamonaviy davrda uyg‘onish g‘oyalarining global kontekstdagi ahamiyati, raqamli madaniyat va texnologik taraqqiyot bilan bog‘liq yangi “digital renessans” bosqichi haqida fikr yuritilgan. Ushbu maqolani yozishda analiz–sintez, induksiya–deduksiya, taqqoslash (komparativ), tarixiy-sistemali va kontekstual tahlil metodlari qo‘llanildi. Mazkur metodlar yordamida Sharq va G‘arb Renessansi o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar manbalar asosida ilmiy jihatdan tahlil qilindi hamda umumiy xulosalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar: Renessans, uyg‘onish, Sharq falsafasi, G‘arb sivilizatsiyasi, uyg‘unlik, tafovut, madaniyatlararo aloqalar, sivilizatsiyalar, texnik taraqqiyot, raqamli madaniyat, musulmon renessansi, islom teologiyasi, tasavvuf, tariqat,islom falsafasi.
Jurnaldagi sahifalar: 306 - 319