18.04.2026
18
SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING “BAXTIYOR OILA” ASARIDA ISLOM QADRIYATLARINING TALQINI

Muallif: Jo‘rayev, Akram Namozovich; Nurmamatova, Munisa Olimjon qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ning Baxtiyor oila asarida ifodalangan islomiy qadriyatlarning oila hayotidagi talqini ilmiy asosda tahlil etiladi. Asarda oila inson hayotining muqaddas maskani hamda jamiyatning ma’naviy tayanchi sifatida yoritiladi. Muallif Qur’on oyatlari va hadislar asosida er-xotin o‘rtasidagi hurmat, sabr, mehr-oqibat, farzand tarbiyasi hamda axloqiy poklik kabi qadriyatlarning ahamiyatini ochib beradi. Tadqiqotda diniy-ta’limiy, sotsiologik va matnshunoslik yondashuvlari asosida asarning mazmuni tahlil qilinib, uning zamonaviy jamiyatdagi tarbiyaviy ahamiyati asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: oila, islom qadriyatlari, nikoh, tarbiya, axloq, jamiyat, mas’uliyat.

Jurnaldagi sahifalar: 352 - 355

Yuklab olish