27.02.2022
1239
SHARQ RENESSANSI DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT RIVOJI

Muallif: Isroilov, Asilbek Fozilovich

Annotatsiya: Sharqda mavjud bo‘lgan ilk o‘rta asrlar sivilizatsiyasi butun g‘arbga ijobiy ta’sir o‘tkazgan, keyinchalik g‘arbda shakllangan sivilizatsiya Sharq taraqqiyotiga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazgan va shu asnoda sivilizatsiyalar millat, xalq va mamlakatlarning o‘zaro yaqinlashuvida ham ijobiy ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. G‘arb va Sharq sivilizatsiyalarining o‘zaro bir-biriga ta’siri, bir-birini boyitishi insoniyat taraqqiyotining muhim ma’naviy omilidir. Sharq sivilizatsiyasidagi o‘z mohiyatiga ko‘ra insonparvarlik xarakteriga ega bo‘lgan qadriyatlar jahon sivilizatsiyalar rivojlanishida barqarorlikni ta’minlaydi. Ayniqsa, IX-XV asr musulmon tarixiy-falsafiy merosi, Sharq, aniqrog‘i Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri Ovrupa falsafiy tafakkuriga ko‘rsatgan ta’siri hamda ahamiyatini ochib berish xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashga samarali xizmat qilishi shubhasizdir. Jahon fani rivojida Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va ko‘plab bobokalonlarimizning durdona asarlari milliy-ma’naviy qadriyatla-rimiz bo‘lib, ularning beqiyos ilmiy-ma’rifiy kashfiyotlarisiz fan bir muncha achinarli holga tushib qolgan bo‘lar edi. Bu fikrni tarix ham isbotlaydi.

Kalit so'zlar: «Renessans», sivilizatsiya, musulmon renessansi, islom teologiyasi, tasavvuf, tariqat,islom falsafasi.

Yuklab olish