10.07.2026
85
SHARQ FALSAFASIDA RUHIY KAMOLOT TUSHUNCHASI

Muallif: Raxmatov, Abduzohid Ne’mat oʻgʻli

Annotatsiya: Mazkur maqolada Sharq falsafasida ruhiy kamolot tushunchasining mazmun-mohiyati tarixiy-falsafiy va komparativ yondashuvlar asosida tadqiq etilgan. Tadqiqotda qadimgi Hind va Xitoy falsafasi, islom falsafasi hamda tasavvuf ta’limotida insonning ma’naviy-axloqiy kamolotiga oid qarashlar tizimli ravishda tahlil qilinadi. Ruh, nafs, qalb, aql va komil inson tushunchalarining o‘zaro dialektik bog‘liqligi falsafiy-antropologik nuqtayi nazardan yoritilib, ularning inson shaxsining shakllanishidagi o‘rni ilmiy asoslanadi. Xususan, Sharq mutafakkirlarining ruhiy poklanish, o‘zini anglash, ma’rifat, axloqiy yetuklik va ilohiy haqiqatni anglashga doir g‘oyalari zamonaviy falsafiy tafakkur nuqtayi nazaridan qayta talqin qilinadi. Tadqiqot natijasida Sharq falsafasida ruhiy kamolot insonning ichki dunyosini takomillashtirish, axloqiy fazilatlarni qaror toptirish va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi barkamol shaxsni shakllantirishning asosiy mezoni ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada ruhiy kamolot konsepsiyasining bugungi globallashuv sharoitida ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash, yoshlar tarbiyasini takomillashtirish va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishdagi nazariy hamda amaliy ahamiyati yoritiladi.

Kalit so'zlar: Sharq falsafasi, ruhiy kamolot, tasavvuf, komil inson, ruh, nafs, qalb, ma’rifat, axloqiy kamolot, falsafiy antropologiya, ma’naviyat, qadriyatlar.

Jurnaldagi sahifalar: 683 - 692

Yuklab olish