Muallif: Усмонова, Фотима; Ибрагимова М.М.
Annotatsiya: Ushbu maqolada yapon tilidagi 気にする va 気になる fe’l konstruktsiyalarining o‘zbek tilidagi ekvivalentlari bilan semantik va pragmatik tahlili yoritilgan. Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad – ushbu konstruktsiyalarning ma’no nozikliklarini, emosional ifodaning ixtiyoriyligi darajasini va madaniy konnotatsiyalarini aniqlashdan iborat. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida ushbu ifodalarning to‘laqonli ekvivalentlari mavjud emas va tarjimada kontekstga bog‘liq moslashuv zarur bo‘ladi. Olingan natijalar tarjima amaliyoti, lug‘at tuzish va o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: yapon tili, o‘zbek tili, fe’l konstruktsiyalari, 気にする, 気になる, semantika, pragmatika, qiyosiy tahlil, tarjima.
Jurnaldagi sahifalar: 456 - 468