Muallif: Ostonova, Shahzoda; Qodirova, Goʻzal
Annotatsiya: Mazkur maqolada Saudiya Arabistoni davlatchiligining shakllanish jarayonlari, jumladan, Birinchi, Ikkinchi va Uchinchi Saudiya davlatlarining shakllanish bosqichlari izchil tahlil qilinib, Saudlar sulolasi va vahhobiylik oqimi davlat legitimligini ta’minlashdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, Usmonli imperiyasi va Buyuk Britaniya kabi tashqi kuchlarning Saudiya davlatchiligi shakllanishiga ko‘rsatgan ta’siri ko‘rib chiqilgan. Qolaversa, ushbu maqola Saudiya Arabistoni davlatchilik modelining Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlardan farqli jihatlarini tadqiq qilib, diniy legitimlik va mutlaq monarxiya uyg‘unligiga asoslangan siyosiy tizimning barqarorlik mexanizmlarini yoritib beradi.
Kalit so'zlar: vahhobiylik, diniy legitimlik, qabilaviy tuzilma, siyosiy-diniy ittifoq, monarxiya,rentier davlat, Sayks-Pikot kelshuvi,“Vision 2030”
Jurnaldagi sahifalar: 348 - 360