Muallif: Ismatillayeva, Gulhayo Mexriddinovna; Mirzayev, Ulug‘bek To‘rayevich
Annotatsiya: Maqolada Salor kanalidagi kumush tovonbalig‘ining (Carassius gibelio) o‘sishi va serpushtligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari kumush tovonbaliqning ushbu suv havzasining yashash sharoitlariga yuqori darajada moslashganligini ko‘rsatdi. Ushbu yashash muhitida u og‘irlik va uzunlik o‘sishning tez sur’atlarini, shuningdek, yuqori reproduktiv qobiliyatni namoyon etadi. Kumush tovonbaliq hayotning birinchi yillarida juda tez o‘sadi. Jinsiy yetuklikka erishgandan so‘ng, uning o‘sish tezligi sekinlashadi va urg‘ochilarning mutlaq serpushtligi tana uzunligi va vaznining oshishi bilan ortadi.
Kalit so'zlar: Salor kanali, kumush tovonbaliq, Carassius gibelio, o‘sish sur’atlari, serpushtlik.
Jurnaldagi sahifalar: 653 - 662