14.09.2025
15
RIVOJLANGAN DAVLATLARDA INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARI: TAJRIBA, SAMARADORLIK VA ISTIQBOLLAR

Muallif: Quljanov, Farhod Berdiyorovich

Annotatsiya: Mazkur maqola rivojlangan mamlakatlarda intellektual transport tizimlari (ITS)ning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning shahar mobiliteti hamda logistik samaradorlikka taʻsirini tahlil qiladi. ITS texnologiyalari transport jarayonlarini raqamlashtirish, real vaqtli monitoring va aqlli boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali nafaqat harakat xavfsizligini oshiradi, balki ekologik barqarorlik va shahar infratuzilmasining samarali ishlashiga ham xizmat qiladi. Tadqiqotda AQSh, Yaponiya, Germaniya va Skandinaviya davlatlarining ilgʻor tajribalari asosida ITS tizimlarining amaliy natijalari koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston sharoitida ushbu yondashuvlarning joriy etilishi boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.

Kalit so'zlar: aqlli transport tizimlari, raqamlashtirilgan yoʻl infratuzilmasi, urbanizatsiya va harakatlanish, transport innovatsiyalari, aqlli mobil yechimlar, dinamik trafik boshqaruvi, ekologik barqaror transport, transport tizimlarining raqamli integratsiyasi.

Jurnaldagi sahifalar: 475 - 493

Yuklab olish