Muallif: Abdukodirova, Damira Damirovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbeklar va inglizlarning nutqiy xulq-atvoridagi stereotiplar qayta baholangan. Tadqiqotda ijtimoiy-lingvistik omillar — xususan, xushmuomalalik, to‘g‘ridan-to‘g‘rilik va kommunikativ normalar — madaniy stereotiplar bilan qanday bog‘liqligi tahlil qilinadi. “O‘zbek mehmondo‘stligi” yoki “ingliz sovuqqonligi” kabi an’anaviy qarashlar zamonaviy nutq amaliyotida qanday aks etayotgani intermadaniy pragmatika asosida ko‘rib chiqiladi. Solishtirma tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, har ikkala xalq nutqida xushmuomalalikning o‘ziga xos me’yorlari saqlanib qolgan bo‘lsa-da, globallashuv jarayonida shakllanayotgan yangi nutq uslublari madaniyatlararo chegaralarni sezilarli darajada yumshatmoqda.
Kalit so'zlar: nutqiy xulq, stereotip, pragmatika, intermadaniy muloqot, o‘zbek, ingliz, xushmuomalalik, sotsiolinvistika.
Jurnaldagi sahifalar: 131 - 141