31.03.2022
355
“RAVSHAN” DOSTONIDA BOSH KIYIM NOMLARINI IFODALOVCHI BA’ZI BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Muallif: Rasulova, Fazilat

Annotatsiya: Bizga ma’lumki, jamiyatdagi ijtimoiy hodisa, aloqa quroli hisoblangan til doimiy o’zgarishda bo’ladi. Bu o’zgarishlar tilning leksik qatlamida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ana shu leksik qatlamdagi har bir til birligi, o’z va o’zlashgan qatlam so’zlari, lug’at boyligini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi leksikologiya hisoblanadi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’zlar, iboralar yig’indisi leksika deyilib, ular tilning lug’at boyligini tashkil etadi. Xalq og’zaki ijodi namunalarida leksikalarning aynan maishiy leksika deb ataluvchi bir tarmog’i ham mavjud. Maishiy leksika xalqning ijtimoiy hayoti, urf-odatlari, tili va o’zligini anglatuvchi asosiy manbadir. Aynan xalq og’zaki ijodida, jumladan, xalq dostonlari matnida ham maishiy leksikaga oid namunalar ko’p uchraydi. Bu dostonlardagi leksik qatlam nafaqat badiiy tilni, balki o’sha davr adabiy til xususiyatlarini, boshqa xalqlar bilan madaniy-siyosiy aloqalarini ham, turmush tarzini ham ko’rsatadi. Maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, jumladan, “Ravshan” dostonidagi bosh kiyim mazmunini ifodalovchi til birliklari leksik-semantik tahlil qilingan. Doston matnida uchraydigan bosh kiyimlarni nomlab kelgan birliklarning etimologiyasi, tarixiy shakllari haqida ham atroflicha fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: leksika, folklor, til, lug‘at, doston, bosh kiyimlari, tadqiqot, etimologiya, til birligi

Yuklab olish