Muallif: Axmadaliyev, Mansurbek Erkaboy o‘g‘li
Annotatsiya: Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida kiberxavfsizlik muammolari va ularning xalqaro boshqaruv mexanizmlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Jahon iqtisodiy forumi, Fortinet va Jahon banki hisobotlariga asoslangan holda, 2020–2024-yillarda kiberjinoyatlar, ransomware hujumlari va rivojlanayotgan davlatlarda kiberhujumlar dinamikasi o‘rganildi. Tadqiqotda sistemali, komparativ va kontent-tahlil yondashuvlari qo‘llanilib, raqamli iqtisodiyot xavfsizligini ta’minlashning xalqaro va milliy mexanizmlari qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kiberxavfsizlik muammolari faqat texnik jihatdan emas, balki iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy omillar bilan ham bevosita bog‘liqdir. Xalqaro tajriba asosida O‘zbekiston uchun kiberxavfsizlik siyosatini takomillashtirish, davlat-xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish va raqamli madaniyatni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, kiberjinoyatlar, xalqaro boshqaruv, Budapest konvensiyasi, raqamli xavfsizlik, O‘zbekiston, qonunchilik, ma’lumotlar himoyasi, xalqaro hamkorlik.
Jurnaldagi sahifalar: 64 - 75