10.04.2025
78
RAHBARLIK USLUBLARINING JAMOA A’ZOLARINING PROFESSIONAL RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Muallif: Dodoyev, Kamol Rozikovich

Annotatsiya: Tadqiqot davomida O'zbekiston tashkilotlarida qo'llaniladigan rahbarlik uslublarining turlari va ularning tarqalish darajasi aniqlandi. Transformatsion, demokratik, avtoriter, tranzaksion, servant va aralash rahbarlik uslublari tadqiq etilib, ularning turli sohalarda (davlat boshqaruvi, biznes, ta'lim, sog'liqni saqlash, ishlab chiqarish) tarqalish darajasi ko'rsatib berildi. Tadqiqot natijalari avtoriter (32.2%) va demokratik (29.0%) rahbarlik uslublarining eng keng tarqalganligini ko'rsatdi, biroq samaradorlik jihatidan transformatsion va servant rahbarlik uslublari ustunlik qilishi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, samarali rahbarlik uslubini shakllantirish metodikasi ishlab chiqildi. Bu metodika diagnostika, maqsadni belgilash, rahbarlik uslubini shakllantirish, joriy etish va takomillashtirish bosqichlaridan iborat bo'lib, O'zbekiston tashkilotlari uchun mo'ljallangan.

Kalit so'zlar: rahbarlik uslublari, professional rivojlanish, transformatsion rahbarlik, demokratik rahbarlik, servant rahbarlik, jamoa, kasbiy kompetensiyalar, tashkilot samaradorligi, boshqaruv psixologiyasi, kadrlar salohiyati.

Jurnaldagi sahifalar: 232 - 239

Yuklab olish