Muallif: Abdullayev, Asliddin Nabi o‘g‘li
Annotatsiya: Maqolada qurilish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Soha rivojining hozirgi holati, raqamli transformatsiya jarayonlari va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida korxonalarning samaradorligini oshirish yo‘nalishlari aniqlangan. Tadqiqotda “BIM”, “IoT”, “Digital Twin” kabi texnologiyalarni joriy etish orqali xizmat sifati, nazorat mexanizmlari va boshqaruv tizimlarini takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Innovatsion rivojlanish modeli ishlab chiqilib, u texnologik, boshqaruv va inson kapitali qatlamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalaydi. Tadqiqot natijalari asosida korxonalar samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: qurilish sohasi, innovatsion rivojlanish, raqamli transformatsiya, xizmat ko‘rsatish korxonalari, BIM, IoT, Digital Twin, samaradorlik, boshqaruv, inson kapitali.
Jurnaldagi sahifalar: 497 - 508