24.01.2022
394
Qurbonov, B. (2022). “MAJOLIS UN-NAFOIS” VA “LATOYIFNOMA” TAZKIRALARIDAGI MATNLARNING QIYOSIY TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 616-625.

Muallif: Qurbonov, Bobur

Annotatsiya: Ushbu maqolada “Majolis un-nafois” va uning birinchi tarjimasi Faxriy Hiraviyning “Latoyifnoma”si o‘rtasidagi farqli jihatlar va o‘xshashliklarni tahlil qilish nazarda tutilgan. Buning uchun mazkur ikki tazkirada ismlari keltirilgan Temuriylar sulolasi a’zosi bo‘lgan uch nafar buyuk inson xususidagi ma’lumotlar qiyosiy tahlil qilindi. Tarjima qilingan har qanday asarning badiiy til nuqtai nazaridagi saviyasi bevosita tarjimonning mahoratiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham ko‘plab asarlarning tarjimasi va uning asliyati o‘rtasidagi farqiyati ko‘rinib turadi va bu farqiyat asosan badiiy til jihatiga bog‘liqdir. “Majolis un-nafois” har tomonlama mukammal asar bo‘lib, uning tarjimasi yuksak darajadagi mahortani talab qiladi. Bu kabi asarlarni maromiga yetkazib tarjima qilish uchun tarjimonning faqatgina tarjimonlik mahorati va uning til bilish darajasi kamlik qiladi. Tarjimon nutq san’atining ustasi bo‘lishi lozim, aks holda tarjima qilingan asarning mazmun va mohiyati to‘laqonli tarzda ifoda etilmay qoladi. “Latoyifnoma” tazkirasida badiiy til va obrazlilikdan tashqari boshqa farqli jihatlar ham bor. “Majolis un-nafois”ning sakkizta bobiga ilova qilingan to‘qqizinchi bob ushbu farqli jihatlarning biridir. Undan tashqari “Majolis un-nafois”da zikr qilingan shoirlar va adiblarning tarjimai holini turkiydan forsiyga tarjima qilgan paytda mavjud ma’lumotlarga ba’zi qo‘shimchalar ham kiritilgan. Boshqa bir joylarda esa aksincha ma’lumotlar qisman ixtisor qilingan.

Kalit so'zlar: Navoiy, Faxriy, tazkira, Majolis un-nafois”, “Latoyifnoma”, qo‘lyozma, tarjima, turkiy, forsiy, manba.

Yuklab olish