30.10.2025
9
QANDLI DIABET BILAN XASTALANGAN ONALARDAN TUG‘ILGAN AVLODLAR YURAGINING JINSGA BOG‘LIQ MORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI (EKSPERIMENTAL TADQIQOT)

Muallif: Adilbekova, Dilorom Baxtiyarovna; Xojaniyazova, Aruna Zinatdinovna; Ahrorov, Abdulaziz Azizjonovich; Toshpo‘latov, Sardorjon Sarvarjonovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada qandli diabet bilan xastalangan onalardan tug‘ilgan avlodlar yurak to‘qimalarida kuzatiladigan jinsga xos morfologik, gistologik va morfometrik o‘zgarishlar qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot davomida erkak va ayol jins vakillarining yurak qorinchalari devorlarida hujayra va to‘qima darajasidagi strukturaviy farqlar aniqlanib, ularning diabetik intrauterin muhitga javob reaksiyalari o‘rganilgan. Gistologik tahlillar natijasida miokard tolalarining diametri, yadro shakli, interstitsial biriktiruvchi to‘qima miqdori va kapillyar zichligida sezilarli jinsiy tafovutlar qayd etilgan. Morfometrik ko‘rsatkichlar asosida yurak devorlarining qalinligi va miokard hujayralarining o‘lchamlarida diabetik homiladorlik ta’siriga bog‘liq o‘zgarishlar aniqlangan. Olingan ma’lumotlar qandli diabetning avlod yurak to‘qimasiga ta’siri murakkab, multifaktorli jarayon ekanligini va bu o‘zgarishlarda jinsiy differensiatsiyaning muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari prenatal davrda metabolik buzilishlarning yurak morfogeneziga ta’sirini baholash hamda keyingi kardiometabolik kasalliklarning patogenezini chuqurroq tushunish uchun ilmiy asos yaratadi.

Kalit so'zlar: qandli diabet, oq laborator kalamushlar, yurak morfometriyasi, jinsiy dimorfizm.

Jurnaldagi sahifalar: 178 - 184

Yuklab olish