28.04.2025
31
PROKURATURA ORGANLARINI TASHKIL ETISH VA ULAR FAOLIYATINING ASOSIY PRINSIPLARI

Muallif: Mamirova, Xumora Rahimberdi qizi; Matmurotov, Alibek Ravilovich

Annotatsiya: Prokuratura organlari faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini belgilovchi prinsiplar ularning butun tizimi va vakolatlarini samarali amalga oshirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada prokuratura faoliyatini tartibga soluvchi asosiy prinsiplar, xususan birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik, oshkoralik prinsiplari chuqur tahlil qilingan. Har bir prinsipning mazmun-mohiyati, ularning o‘zaro bog‘liqligi va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi ifodalanish shakllari tahliliy yondashuv asosida yoritilgan. Shu bilan birga, maqolada prinsiplar tizimining huquqiy mexanizmlardagi aks etishi va uni takomillashtirish istiqbollari yuzasidan tegishli ilmiy xulosalar va takliflar bildirilgan.

Kalit so'zlar: prokuratura, prokuratura organlari faoliyati, prinsip, birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik, oshkoralik, hududiylik, predmetlilik, hududiy-predmetlilik.

Jurnaldagi sahifalar: 151 - 164

Yuklab olish