Muallif: Sadullayeva, Nazokat Kuvondiq qizi
Annotatsiya: Ushbu ilmiy izlanishimizda zamonaviy ingliz adabiyotida Postmodernism dan New Realism ga o‘tish jarayoni va u bilan bog‘liq uslubiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda postmodernistik adabiyotga xos bo‘lgan fragmentatsiya, intertekstuality va metafiksion yondashuvlarning asta-sekin zaiflashuvi hamda yangi realizmda ijtimoiy haqiqat, individual tajriba va psixologik tasvirning kuchayishi asoslab beriladi. Shuningdek, Zadie Smith va Ian McEwan kabi zamonaviy ingliz yozuvchilarining asarlari misolida mazkur uslubiy transformatsiyaning amaliy ko‘rinishlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy ingliz adabiyotida realizm elementlarining qayta tiklanishi global ijtimoiy-madaniy jarayonlar va o‘quvchi ehtiyojlarining o‘zgarishi bilan chambarchas bog‘liq.
Kalit so'zlar: Postmodernism, New Realism, zamonaviy ingliz adabiyoti, uslubiy o‘zgarishlar, intertekstuality, metafiksiya, realizm, narrativ strategiyalar, Zadie Smith, Ian McEwan.
Jurnaldagi sahifalar: 178 - 183