03.07.2026
9
POKISTON ICHKI SIYOSATIDA PUSHTUN OMILINING TRANSFORMATSIYASI (1979 – 2000-yillarda)

Muallif: Saparbayeva, Sarvinoz Bozarboy qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada 1979 – 2000-yillarda Pokiston ichki siyosatida pushtun omilining transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda pushtun omili etnik-mintaqaviy masala doirasidan chiqib, davlat xavfsizligi, chegaraviy boshqaruv, afg‘on qochqinlari, diniy-siyosiy harakatlar va Afg‘oniston yo‘nalishidagi strategik manfaatlar bilan bog‘liq murakkab siyosiy omilga aylangani asoslab beriladi. 1979-yilda Afg‘onistonda boshlangan urush Pokistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida pushtun ijtimoiy-siyosiy muhitini o‘zgartirdi, qabilaviy hududlarning harbiy-logistik ahamiyatini oshirdi va pushtun masalasini Pokiston ichki barqarorligi bilan bevosita bog‘ladi. Maqolada Ziyo ul-Haq davridagi islomlashtirish siyosati, mujohidlar harakati, madrasa tarmoqlari, 1990-yillardagi Tolibon omili hamda “strategik chuqurlik” yondashuvining Pokiston ichki siyosiy jarayonlariga ta’siri ilmiy jihatdan yoritiladi.

Kalit so'zlar: Pokiston, pushtun omili, ichki siyosat, Afg‘oniston inqirozi, Durand chizig‘i, Pushtuniston g‘oyasi, FATA, Shimoli-g‘arbiy chegara viloyati, Tolibon, strategik chuqurlik, xavfsizlik siyosati.

Jurnaldagi sahifalar: 621 - 628

Yuklab olish