05.06.2026
45
PASSIV KONSTRUKSIYALARNI O‘RGATISHDA PRAGMATIK YONDASHUV: DISKURSIV STRATEGIYALAR VA PEDAGOGIK PARADIGMALAR

Muallif: Toshbayeva, Munojat Erkinovna; Avilova, Xalida Nabidjanovna

Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda ingliz va o‘zbek tillari misolida passiv konstruksiyalarni (majhul nisbat) o‘qitishda an’anaviy formal-strukturaviy yondashuvdan zamonaviy funktsional-pragmatik paradigmaga o‘tish masalalari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundarki, til o‘rganuvchilar passiv gaplarning morfologik va sintaktik qoliplarini mukammal egallagan bo‘lsalar-da, ularni real nutqiy vaziyatlarda, xususan, akademik yozuv, diplomatik diskurs va rasmiy muloqotda maqsadga muvofiq qo‘llashda jiddiy pragmatik xatolarga yo‘l qo‘ymoqdalar. Maqolada passiv konstruksiyalarning shunchaki transformatsion qoida (Active→Passive) emas, balki kontekstual ehtiyojlar asosida yuzaga keluvchi strategik lingvistik vosita ekanligi isbotlanadi.

Kalit so'zlar: pragmatika, passiv konstruksiya, majhul nisbat, diskurs tahlil, Mavzu-Rema, agentivlik, hedging (yumshatish), akademik nutq, funksional grammatika.

Jurnaldagi sahifalar: 44 - 51

Yuklab olish