Muallif: Abduramanova, Nezire Enverovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada oʻzbek-ingliz parallel korpuslarida "hissiyot" leksik-semantik maydoniga mansub kognitiv metaforalarni aniqlash va ularni semantik teglash (annotation) muammolari tadqiq etiladi. Inson emotsiyalari koʻpincha mavhum boʻlgani bois, tilda koʻchma maʼnolar va metaforik koʻchirishlar orqali moddiylashadi (masalan, gʻazab – olov, qoʻrquv – muz). Maqolaning maqsadi tillararo asimmetrik xarakterga ega boʻlgan ushbu metaforik birliklarni parallel korpus tizimida yagona kognitiv-semantik qolipga keltirish tamoyillarini ishlab chiqishdir. Tadqiqotda J.Lakoff va M.Jonsonning kognitiv metafora nazariyasi hamda parallel korpus tahlili metodlaridan foydalanilgan.
Kalit so'zlar: kognitiv metafora, parallel korpus, semantik teglash, hissiyot maydoni, maqsadli domen, manba domen, tillararo asimmetriya.
Jurnaldagi sahifalar: 603 - 606