21.06.2026
59
O‘ZBEKISTONGA ROSSIYADAN KIRIB KELAYOTGAN INVESTITSIYALAR

Muallif: Avazova, Laziza Shuhrat qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekiston Respublikasiga yo‘naltirilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 2019–2024 yillar mobaynidagi holati, dinamikasi va istiqbollari keng tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ikki davlat o‘rtasidagi investitsion hamkorlik so‘nggi besh yil ichida barqaror o‘sib, 2024-yilga kelib to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 1,2 mlrd dollarga yetdi. Energetika — neft-gaz, atom energetikasi — hamkorlikning strategik o‘qi bo‘lib qolmoqda; sanoat, bank sektori va axborot texnologiyalari sohasidagi investitsiyalar esa yildan-yilga kengaymoqda. Shu bilan birga, 2022-yildan kuchaytirilgan G‘arb sanksiyalari ikki mamlakat moliyaviy munosabatlariga muayyan to‘siqlar keltirib chiqardi. Maqolada ushbu to‘siqlarni bartaraf etish va hamkorlikni yangi sohalar bo‘yicha rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar ham ishlab chiqildi.

Kalit so'zlar: xorijiy investitsiyalar, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston, Lukoyl, Gazprom, Rosatom, sanoat hamkorligi, kapital oqimi, pul o‘tkazmalari, geosiyosiy omillar, investitsion muhit.

Jurnaldagi sahifalar: 431 - 440

Yuklab olish