26.11.2025
63
OʻZBEKISTONDAGI BANK VA MOLIYA TIZIMI

Muallif: Mardayeva, Maftuna Ashur qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining bank va moliya tizimi, uning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi davrdagi islohotlar jarayoni yoritilgan. Mustaqillik yillaridan boshlab mamlakatda moliyaviy tizimni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni bozor tamoyillariga moslashtirish, bank xizmatlarini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos moliyaviy boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani ta’kidlangan. Maqolada O‘zbekiston Markaziy bankining milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, inflyatsiyani jilovlash va pul-kredit siyosatini takomillashtirishdagi roli tahlil etiladi. Shuningdek, tijorat banklarining iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning kredit siyosati, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar hajmi hamda ularning sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada so‘nggi yillarda raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish, to‘lov tizimlarini avtomatlashtirish, mobil ilovalar orqali mijozlarga qulay sharoit yaratish kabi yangiliklarning amaliy ahamiyati ham ochib beriladi. Shu bilan birga, bank tizimi oldida turgan asosiy muammolar – likvidlikni boshqarish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.Tadqiqot natijalari O‘zbekiston moliya tizimining hozirgi holatini, uning iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlashga yordam beradi.

Kalit so'zlar: bank tizimi, moliya bozori, Markaziy bank, tijorat banklari, pul-kredit siyosati, raqamli moliya, iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhiti.

Jurnaldagi sahifalar: 605 - 613

Yuklab olish