12.11.2025
62
O‘ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOTNI BARPO ETISH SHAROITIDA BARQAROR RIVOJLANISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

Muallif: Muhammadiyev, Og‘abek Zarif o‘g‘li; Turopova, Nigora Xolmurod qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola Oʻzbekistonda yashil iqtisodning rivojlanishi va uning barqaror rivojlanish uchun ahamiyatini tahlil qiladi. Unda yashil iqtisodning asosiy prinsiplari, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtish, resurslarni samarali ishlatish va ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Oʻzbekistonning bu sohadagi amaliyoti va kelajakda yashil iqtisodga oʻtishdagi imkoniyatlar va qiyinchiliklar muhokama qilinadi. Maqola, mamlakatning ekologik va iqtisodiy barqarorligini taʼminlash yo‘lida yashil iqtisodning o‘rni va uning rivojlanishiga qaratilgan tashabbuslarni yoritadi.

Kalit so'zlar: yashil iqtisod, barqaror rivojlanish, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik barqarorlik, resurslarni samarali ishlatish, yashil texnologiyalar, ijtimoiy tenglik, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy o‘sish.

Jurnaldagi sahifalar: 317 - 321

Yuklab olish