Muallif: Karimova, Marjona Olimjon qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni, uning hozirgi holati, rivojlanish dinamikasi va istiqbollari tahlil qilingan. 2022-yildan boshlab mamlakatda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani ta'kidlangan. Maqolada 2024-yil ko‘rsatkichlari batafsil yoritilgan: yashil energiya hajmi 13 milliard kilovatt-soatga, uning ulushi 15-18% ga yetdi, umumiy quvvati 2,4-3,5 gigavatt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi, issiqxona gazlari chiqindilari 1,89 million tonnaga kamaytirildi. 2030-yilga qadar qayta tiklanadigan energiya manbalari quvvatini 27 gigavattga, ularning ulushini 40-54% ga oshirish, issiqxona gazlarini 35% ga qisqartirish maqsadlari belgilangan. Maqolada yashil moliyalashtirish mexanizmlari, xalqaro investitsiyalar (Jahon banki, AQSh, Xitoy, Fors ko‘rfazi mamlakatlari), davlat-xususiy sheriklik loyihalari va yashil obligatsiyalar tahlil etiladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonidagi asosiy muammolar — yuqori boshlang‘ich xarajatlar, texnologik cheklovlar, tarmoq infratuzilmasining zaif rivojlanganligi va yetarli malakali kadrlar yetishmasligi bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston yashil iqtisodiyoti tizimining hozirgi holatini, uning ekologik barqarorlikdagi o‘rni va istiqboldagi rivojlanish strategiyalarini aniqlashga yordam beradi.
Kalit so'zlar: yashil iqtisodiyot, qayta tiklanadigan energiya, quyosh energiyasi, shamol energiyasi, issiqxona gazlari, energiya samaradorligi, ekologik barqarorlik, davlat-xususiy sheriklik.
Jurnaldagi sahifalar: 682 - 690