06.04.2022
370
O‘ZBEKISTONDA KAPITAL BOZORINING HUQUQIY TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Muallif: Narziyev, Otabek Sa’diyevich

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda kapital bozorining huquqiy tizimini takomillashtirish bo‘yicha mavjud asosiy muammolar hamda ularning yechimlari haqida so‘z yuritilgan. Jumladan sohadagi asosiy muammolar sifatida bozorning yuqori darajada konsentratsiyalashganligi, kapital bozorining kapitallashuvi mamlakat yalpi ichki mahsulotining atigi olti foizini tashkil etishi, kapital bozorining likvidligi pastligi, buning asosiy sabablaridan biri esa yuqori sifatli moliyaviy vositalarning yo‘qligi va shunga mos ravishda investorlarning kapital bozori orqali investisiyalarni jalb qilishdan manfaatdor emasligidir, shuningdek bugungi kunda kapital bozori adolatli narxlarni belgilash, investorlarning bozorga erkin kirishini va ularning manfaatlarini himoya qilishni ta’minlay olmasligi sababli unchalik samarali emasligi kabi holatlar ko‘rib chiqildi. Mazkur muammolarni hal etish maqsadida sohadagi qonunchilikni asosan ikkita yo‘nalishda takomillashtirish ilgari surildi. Dastlabki yo‘nalish bugungi kunda tarqoq bo‘lgan normativ hujjatlarni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda konsolidatsiya qilish orqali investorlar uchun qulay bo‘lgan yagona huquqiy manbani yaratish. Ikkinchi yo‘nalish esa sohadagi regulyatorning huquqiy maqomi, vakolatlari, huquq av majburiyatlar va javobgarligi belgilangan alohida qonun qabul qilinishi taklifi bo‘lib hisoblanadi. Maqolada mazkur qonunni qabul qilishning zarurati va unda qanday masalalar yoritilishi lozimligi asoslab berildi.

Kalit so'zlar: kapital bozori, huquqiy tizim, regulyatorning maqomi, qimmatli qog‘ozlar.

Yuklab olish