15.06.2026
92
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY DAVLAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Muallif: Davletova, Muxabbat Narimanovna

Annotatsiya: Ushbu matnda O‘zbekistonda ijtimoiy davlat tizimini takomillashtirish va uning milliy modelini rivojlantirishning sakkizta asosiy konseptual yo‘nalishi tahlil qilingan. Muallif ijtimoiy davlat rivojlanishining keyingi bosqichida inson qadri, formal tenglikdan real imkoniyatlar tengligiga o‘tish va miqdoriy ko‘rsatkichlardan sifatli natijador boshqaruvga tayanish zarurligini asoslab beradi. Shuningdek, tizim samaradorligini oshirishda huquqiy kafolat va professional ijtimoiy xizmatlar uyg‘unligi, muammolarning oldini olishga qaratilgan profilaktik yondashuv hamda davlat, mahalla va professional xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasidagi funksional muvozanatni ta’minlash masalalari yoritilgan. Maqolaning yakuniy xulosasi mavjud institutlarni fuqarolar hayotidagi real va ijobiy o‘zgarishlarga yo‘naltirishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy davlat, inson qadri, ijtimoiy adolat, real teng imkoniyatlar, natijador boshqaruv, ijtimoiy xizmat, ijtimoiy integratsiya, profilaktik yondashuv, mahalla tizimi, jamoatchilik nazorati.

Jurnaldagi sahifalar: 363 - 369

Yuklab olish