26.11.2025
51
O‘ZBEKISTONDA BIZNES VA TADBIRKORLIK: HOZIRGI HOLAT VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Muallif: Nosirjonova, Zeboxon Raxmatilla qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida biznes va tadbirkorlikning hozirgi holati, rivojlanish bosqichlari va istiqbollari yoritilgan. Mustaqillik yillaridan boshlab mamlakatda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, investitsion muhitni takomillashtirish hamda xalqaro standartlarga mos biznes boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani ta’kidlangan. Maqolada kichik va o‘rta biznes (KO‘B) sektorining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning yalpi ichki mahsulotga qo‘shgan hissasi, bandlikdagi roli tahlil etiladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda startap ekotizimini rivojlantirish, IT Park faoliyati, raqamli texnologiyalarni tadbirkorlikda qo‘llash, elektron tijorat va fintech sohalarining rivojlanishi kabi yangiliklarning amaliy ahamiyati ham ochib beriladi. Maqolada tadbirkorlik sektori oldida turgan asosiy muammolar – moliyaviy resurslarning cheklanganligi, ma’lumot va tajriba yetishmasligi, infratuzilma kamchiliklari va yashirin iqtisodiyotning yuqori ulushi bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston tadbirkorlik tizimining hozirgi holatini, uning iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlashga yordam beradi.

Kalit so'zlar: tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznes, startap ekotizimi, IT Park, iqtisodiy islohotlar, raqamlashtirish, investitsiya muhiti, elektron tijorat.

Jurnaldagi sahifalar: 614 - 622

Yuklab olish