27.04.2026
100
O‘ZBEKISTONDA 1927–1929-YILLARDA YER VA SUVNING MILLIYLASHTIRILISHI: MAQSAD VA OQIBATLAR

Muallif: Yaxshiyev, Anvar Jurakulovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda 1927–1929-yillarda amalga oshirilgan yer va suvni milliylashtirish siyosati tarixiy nuqtai nazardan kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu agrar islohotning vujudga kelish sabablari, uning siyosiy-iqtisodiy maqsadlari hamda amalga oshirish mexanizmlari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, yer va suv resurslarini davlat tasarrufiga o‘tkazish jarayonining ijtimoiy tuzilma, dehqon xo‘jaliklari va agrar ishlab chiqarishga ta’siri ochib beriladi. Maqolada milliylashtirish siyosatining qisqa va uzoq muddatli oqibatlari, jumladan, ijtimoiy tenglikni ta’minlash, mulkchilik munosabatlarining transformatsiyasi, shuningdek, majburiy kollektivlashtirish jarayonlariga zamin yaratganligi tarixiy dalillar asosida baholanadi. Tadqiqot natijalari ushbu jarayonning murakkab va ziddiyatli xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: yer-suv islohoti, milliylashtirish, agrar siyosat, sovet hokimiyati, dehqonlar, kollektivlashtirish, ijtimoiy tenglik, O‘zbekiston tarixi.

Jurnaldagi sahifalar: 523 - 531

Yuklab olish