Muallif: Botirov, Doniyor O‘tkirovich
Annotatsiya: Maqolada muallif O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining partiyaviy tizimlarini qiyosiy tahlil qiladi. Mustaqillikdan keyingi siyosiy rivojlanish, partiyaviy tizimlarning tuzilishi, saylov jarayonlari va xalqaro ta’sirlar ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston siyosiy tizimida hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi partiyalar ustunlik qiladi. Qozog‘istonda esa Amanat partiyasi hukmron bo‘lib, so‘nggi islohotlar siyosiy pluralizmni kengaytirishga xizmat qilmoqda. Maqola ikki davlatning siyosiy tizimlaridagi o‘xshashlik va farqlarni, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, Markaziy Osiyodagi siyosiy dinamika va demokratiya yo‘lidagi kelajak istiqbollarini baholaydi.
Kalit so'zlar: siyosiy spektrum, partiyaviy tizim, saylov tizimi, bir partiyali tizim, ikki partiyali tizim, ko‘ppartiyali tizim, siyosiy madaniyat, tarixiy institutsionalizm demokratiya va pluralizm.
Jurnaldagi sahifalar: 509 - 517