Muallif: G‘aybullayeva, Ozoda Obid qizi; Xusainova, Gulnigor Hamdam qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida o‘stirilgan Inula helenium L. o‘simligining morfologik, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari keng tahlil qilingan. Tadqiqot davomida o‘simlikning ildiz, poya, barg va gullarining morfologik tuzilishi batafsil o‘rganildi, biokimyoviy tarkibi (inulin, oqsil, lipid) va mikro-makroelementlar foiz nisbatlari aniqlangan. Shuningdek, o‘simlikning dorivor va oziq modda ahamiyati, iqlim va tuproq sharoitlari bilan bog‘liq fiziologik xususiyatlari statistik tahlil asosida baholangan. O‘simlikning asosiy dorivor komponentlari — inulin, efir moylari, saponinlar va flavonoidlarning ahamiyati yoritildi. Tadqiqot natijalari o‘simlikning mahalliy sharoitda yuqori biologik faollikka ega ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: Inula helenium L., morfologiya, inulin, efir moyi, flavonoidlar, biokimyo, fiziologiya, dorivor o‘simlik.
Jurnaldagi sahifalar: 232 - 238