Muallif: Xudoyqulov, Zokir Rajabovich; Narziqulov, Sirojiddin Atabulloyevich
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi gidroelektr stansiyalarining (GES) bugungi holati, ularning milliy energetika tizimidagi funksional o‘rni hamda texnik-texnologik imkoniyatlari har tomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqotda GESlar ishlab chiqarish quvvatlari, kaskadlar bo‘yicha joylashuvi va modernizatsiya jarayonlarining mohiyati ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, gidroenergetikaning qayta tiklanuvchi energiya manbai sifatidagi ustun jihatlari, mavjud suv-energetika resurslaridan samarali foydalanish zarurati hamda soha rivojining iqtisodiy va ekologik afzalliklari batafsil ko‘rsatib beriladi. Maqolada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan gidrotexnik loyihalar, energetik xavfsizlikni mustahkamlashdagi strategik vazifalar va gidroenergetikaning mamlakat barqaror rivojlanishidagi istiqbollari ham tahlil etiladi.
Kalit so'zlar: Gidroelektr stansiyalari, energiya ishlab chiqarish, tiklanadigan energiya, suv resurslari, ekologiya, barqaror rivojlanish, energetik xavfsizlik, GES infratuzilmasi, elektr energiyasi, suv omborlari.
Jurnaldagi sahifalar: 691 - 696