Muallif: Axmedov, M.B.
Annotatsiya: Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti sharq qo‘lyozmalari fondi boyligi va ilmiy ahamiyati jihatidan dunyodagi yirik kolleksiyalardan biri hisoblanadi. Ushbu fonda Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyandalari - taniqli faylasuf Abu Nasr Muhammad Forobiy, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino, matematik va astronom Muhammad al-Xorazmiy, Qutbiddin Sheroziy, Mirzo Ulug‘bek Alisher Navoiy, Mahmud Koshg‘ariy, Rudakiy, Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy, Omar Xayyom, Mirzo Abdulqodir Bedil va boshqalarning adabiy asarlari, shuningdek, falsafa hamda tabiiy fanlarga oid qo‘lyozmalar jamlangan. Mazkur fondda tarixiy asarlar ham saqlanib, ularning ko‘pchiligi Markaziy Osiyo, Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Turkiya hamda arab mamlakatlari xalqlari tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Quyida biz mazkur fondda saqlanayotgan Boburiylar davri Hindiston tarixiga oid asosiy asarlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Kalit so'zlar: «Tuzuki Boburiy», «Boburnoma», «Bobur esdaliklari», «Tarixi Rashidiy».
Jurnaldagi sahifalar: 197 - 205