03.02.2022
353
O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI BO‘YICHA MEROSNI EGALLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Muallif: Shodmonova, Moxira

Annotatsiya: Mulkdorning mulkiy huquqlari orasida tasarruf etish huquqi markaziy o‘rinni egallaydi va mazkur huquq mulkdorning o‘z vafotidan keyin unga tegishli bo‘lgan mol-mulkning yuridik taqdirini belgilashni ham o‘z ichiga oladi. Bunday tasarruf etish vasiyatnoma asosida amalga oshiriladi. Biroq vasiyatnoma qoldirish majburiyat emas balki, sub’ektiv huquq bo‘lib, bu huquqni mulkdor amalga oshirmasligi ham mumkin. Bunday hollarda esa vorislikning ikkinchi asosi, ya’ni qonun bo‘yicha vorislik vujudga keladi va vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari meros tariqasida unga tegishli mol-mulkning mulkdori bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda fuqarolarning mol-mulki ob’ektlari doirasi kengayib borayotganligi, mulkiy huquqlarning turli xil ko‘rinishlari (aksiyalarga va devidendlarga bo‘lgan huquq, bankdagi omonatlarga bo‘lgan huquq, intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mutlaq huquqlar, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlaridagi ulushlarga bo‘lgan huquq va shu kabilar) vujudga kelayotganligi hamda xususiy mulkning miqdor va qiymat bo‘yicha cheklanmasligi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (keyinchalik matnda - FK deb yuritiladi) 207-moddasining ikkinchi qismi), qonun bo‘yicha vorislik o‘tishining yangi shakllari (meros transmissiyasi)ning vujudga kelayotganligi qonun bo‘yicha vorislik institutini, unga oid huquq normalarining amaliyotda tatbiq etilishi holatini chuqur o‘rganish hamda bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Kalit so'zlar: vorislik, meros, merosni egallash, merosxo‘r, mol-mulk, huquq, majburiyat, vasiyatnoma, meros guvohnomasi

Yuklab olish