Muallif: G‘aniyev, Akmaljon Usarovich; Bultakov, Ikrom Yusupovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tilida so‘zlashuvchi auditoriya uchun arab tilini o‘rganish jarayonida uchraydigan lingvistik va metodik muammolar tahlil qilinadi. Arab va o‘zbek tillarining fonetik, morfologik, sintaktik va leksik tizimlari o‘rtasidagi tafovutlar aniqlanib, ularning til o‘rganish samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Mavjud o‘quv-uslubiy materiallarning moslashtirilmaganligi, talaffuzdagi murakkab tovushlar, so‘z yasalish tizimidagi farqlar hamda dars jarayonida madaniy komponentlarning yetarli darajada e’tiborga olinmasligi asosiy muammo sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqot davomida lingvodidaktik va qiyosiy-lingvistik tahlil usullari asosida til o‘rgatish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosidagi metodik yondashuvlarning roli baholandi.
Kalit so'zlar: Arab tili, o‘zbek tili, fonetik tafovutlar, morfologik tizim, qiyosiy tilshunoslik, til o‘rganish metodikasi, lingvodidaktika, talaffuz muammolari, madaniyatlararo kommunikatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 407 - 413