Muallif: Ibodullayeva, Gulnoza
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligida maqollarni o‘rganishning nazariy asoslari yoritilgan. Maqollarning tilshunoslikdagi o‘rni, ularning semantik, stilistik xususiyatlari hamda xalq dunyoqarashi va mentalitetini aks ettirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, maqollarni lingvokulturologik, frazeologik va pragmatik jihatdan o‘rganish yo‘nalishlari haqida ham so‘z yuritiladi. Tilshunoslikda maqollarni o‘rganish usullari va tadqiqot yo‘nalishlarining tahlili maqola asosini tashkil etadi.
Kalit so'zlar: maqollar, tilshunoslik, semantika, stilistika, lingvokulturologiya, pragmatika, xalq og‘zaki ijodi.
Jurnaldagi sahifalar: 519 - 524