Muallif: Muxamatova, Dilbar Xayot qizi
Annotatsiya: Ushbu maqola o‘zbek tilidagi tibbiy terminologiyaning rivojlanishi, shakllanish manbalari va tibbiy terminologik lug‘atlarning xususiyatlarini tahlil qiladi. Tibbiyot sohasida terminlarning aniqligi va yagona me’yor asosida qo‘llanilishi muhimligi ta’kidlanib, lug‘atlarning ilmiy va amaliy ahamiyati ko‘rsatildi. Shuningdek, tibbiy terminlarning xalq tilidagi o‘rni, zamonaviy elektron lug‘atlar va xalqaro terminlarni milliy tilga moslashtirish masalalari ham yoritildi. Maqolada tibbiy terminologiyani rivojlantirish va uni doimiy yangilab borish zaruriyati ta’kidlangan.
Kalit so'zlar: tibbiy terminologiya, tibbiy lug‘at, o‘zbek tili, terminlar, ilmiy izoh, elektron lug‘at, milliy til, tibbiyot.
Jurnaldagi sahifalar: 505 - 508