18.11.2025
7
O‘ZBEK TILI KORPUSI UCHUN TIBBIY TEZAURUS LUG’ATLAR YARATISH ZARURATI XUSUSIDA

Muallif: Navruzova, Muyassar Gaybullayevna; Muxamatova, Dilbar Xayot qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbek tili milliy korpusi uchun tibbiy tezaurus yaratish zarurati ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tibbiy terminlarning tartibsizligi, ularning ko‘p manbalardan kirib kelgani hamda semantik nomuvofiqliklar mavjudligi ushbu yo‘nalishda yagona standartga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi. Tezaurus tibbiy axborot tizimlari, sun’iy intellekt, avtomatik matn qayta ishlash, tibbiy tarjima va ta’lim jarayonlarida terminologik aniqlikni ta’minlashga xizmat qilishi yoritiladi. Mazkur tadqiqot tibbiyot, lingvistika va axborot texnologiyalari kesishgan nuqtada turgan dolzarb masalani ko‘taradi.

Kalit so'zlar: tezaurus, tibbiy terminologiya, o‘zbek tili korpusi, semantika, sun’iy intellekt, terminologik standart.

Jurnaldagi sahifalar: 438 - 443

Yuklab olish