11.06.2026
15
O‘ZBEK BADIIY ASARLARIDA FLORISTIK METAFORALARNING ANTROPOSENTRIK XUSUSIYATLARI

Muallif: Jamoliddinova, Iroda Bahodir qizi; Boydadayeva, Mukarram Shokirjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek badiiy asarlarida qo‘llanilgan floristik metaforalarning antroposentrik xususiyatlari kognitiv va lingvokulturologik yondashuv asosida keng va chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘simlik nomlari orqali yaratilgan metaforik birliklarning insonning tashqi ko‘rinishi, ruhiy holati, axloqiy fazilatlari va ijtimoiy mavqeini ifodalashdagi semantik, pragmatik va stilistik funksiyalari aniqlangan. Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar", Oybekning "Navoiy", Said Ahmadning "Ufq", O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asarlari hamda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalariga asoslangan tahlil 150 dan ortiq floristik metaforik birliklarni qamrab oladi. Natijalar floristik metaforalarning o‘zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlarini va lingvomadaniy konseptual tizimini aks ettiruvchi muhim antroposentrik mexanizm ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqot antroposentrik paradigma, kognitiv metafora nazariyasi va lingvokulturologiya kesishmasida amalga oshirilgan.

Kalit so'zlar: floristik metafora, antroposentrizm, kognitiv metafora, lingvopoetika, lingvokulturologiya, badiiy diskurs, konseptual model, semantik tahlil, o‘zbek tili, milliy mentalitet.

Jurnaldagi sahifalar: 249 - 259

Yuklab olish