Muallif: Azimbayeva, Shakhnoza Akramjonovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada orientalizm Buyuk Britaniyaning zamonaviy tashqi siyosatidagi muhim vositalardan biri sifatida xalqaro tartibning transformatsiyasi va global raqobatning kuchayishi sharoitida tahlil qilinadi. Tadqiqotda orientalistik diskursning klassik mustamlakachilik modelidan strategik bilimlarni ishlab chiqaruvchi institutsional tizimga aylanish jarayoni yoritilgan. Shuningdek, «Global Britain» (“Global Britaniya”) konsepsiyasi, «offensive activism» (faol tashabbuskorlik) yondashuvi hamda ekspert-tahliliy institutlarning tashqi siyosiy qarorlar qabul qilishdagi o‘rni o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, orientalizm post-Brexit davrida Buyuk Britaniyaning xalqaro maydondagi ta’sirini saqlab qolish, strategik narrativlarni shakllantirish va mamlakatning geosiyosiy mavqeini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kalit so'zlar: orientalizm, Buyuk Britaniya, tashqi siyosat, Global Britain, Brexit, yumshoq kuch (soft power), postkolonializm, global raqobat, ekspert bilimlari, xalqaro munosabatlar.
Jurnaldagi sahifalar: 629 - 634