25.04.2023
413
O’QUVCHILARNING FAOLLIK DARAJASIGA KO‘RA FARQLANUVCHI METODLAR, O’QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLARI

Muallif: Axmedova, Umidaxon Yodgorjon qizi

Annotatsiya: Ilmiy - pedagogik tadqiqotlarda nazariy metodlar yetakchi o‘rin tutadi. Har bir tadqiqotda oldin o‘rganish ob’ektini tanlash, nazariy tahlil asosida ob’ekt qaysi faktlarda bog‘liqligini aniqlash va tekshirish uchun ulardan yetakchilarini tanlash kerak. Тadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash gipotezasini tuzish shunga mos ravishda tadqiqot o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish, tadqiqotning borishida olingan faktlarni tushuntirish va tahlil qilish usullarini tanlash va xulosalarni ifodalash lozim. Bu ishlarning hammasini bajarish uchun tadqiq qilinayotgan masalaning ilgari va hozirgi vaqtdagi nazariyasi va amaliyotini yorituvchi adabiy manbalarni o‘rganish va tahlil qilish kerak. Nazariy metodlar boshqa metodlar bilan bir qatorda matematika metodikasiga oid har bir tadqiqodga qo‘llaniladi. Har qanday ilmiy muammolarni hal qilishda eng oldin qilinayotgan masalaga oid hamma adabiyotni o‘rganish va nazariy tadqiqot o‘tkazish kerak. Busiz maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lmaydi, sinash bazan xatolar yo‘li bilan olib boriladi, shu bilan birga har doim ham qo‘yilgan masalaning to‘la jalb qilinishiga olib kelinavermaydi.

Kalit so'zlar: metod, izohli-illyustrativ metod, reproduktiv metod, muammoli o’qitish, taqqoslash usuli.

Jurnaldagi sahifalar: 336 - 343

Yuklab olish