Muallif: Saydillayeva, Mehrinaz Bahodir qizi; Amirqulova, Gulsevar Eshmo’min qizi
Annotatsiya: Jamiyatning har jabhasi tez sur’atlar bilan rivojlanishi ta’lim paradigmalarining oʻzgarishiga, buning natijasida esa ta’lim tizimi, xususan, umumiy ta’lim maqsadlarining mazmun va miqdor jihatdan yangilanishiga olib kelmoqda. Zamonaviy jamiyat uchun barcha sohalarda har tomonlama rivojlangan, mantiqiy tafakkurga ega, intellektual salohiyatli, refleksiv-tahliliy va ijodiy-kreativ yondashuv joriy eta oladigan, yuksak kasbiy kompetensiyalarga ega boʻlgan shaxslar, mutaxassis-kadrlar talab etiladi. Bu talablarga javob beradigan maqsadlarga erishish uchun oʻqitishning an’anaviy shakllari, “bilim berish”, “oʻquv materiali boʻyicha maksimum ma’lumot va axborot berish”ga qaratilgan metodlar hamda texnologiyalar toʻgʻri ma’noda yaroqsiz boʻlib qoldi. Maqolada ta’limning barcha boʻgʻinlarida umumta’lim, kasbiy va maxsus fanlar oʻrtasidagi integrativ bogʻliqlikni ta’minlash hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarida oʻzaro toʻldiruvchanlik xususiyatlarini takomillashtirish orqali ta’lim oluvchining ta’limiy, kasbiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijodiy-kreativ potensialini yuzaga chiqarish kabi vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun pedagog-kadrlar va mutaxassislarni oʻqitishning eng zamonaviy metodlari, yangidan yangi texnologiyalari, takomillashtirilgan metodikalari, shakl va vositalari va oʻqitish amaliyotiga pedagogik innovatsiyalar, ta’lim dasturlari haqida so’z boradi.
Kalit so'zlar: ta’lim, jarayon, ta’lim dasturlari, pedagog, jamiyat, o’qituvchi faoliyati, ijtimoiy muhit, pedagogik mahorat, pedagogik qobiliyat.
Jurnaldagi sahifalar: 773 - 787