22.01.2024
140
OLAMNING KONSEPTUAL MANZARASIDA “YER – TIERRA” LEKSEMASINING KOGNITIV-SEMANTIK TAHLILI

Muallif: Baxronova, Dilrabo; Kamoliddinova, Saodat

Annotatsiya: Ushbu maqolaning dolzarbligi tarixiy kontekstni hisobga olgan holda lingvokognitiv va lingvomadaniy tushunchalar mazmunini verballashtirish usullarini chuqur o‘rganish zarurati bilan izohlanadi. Biz bu tushunchalarni nazariy, hamda aynan “Yer-Tierra” konsepti orqali tahlil qilishga harakat qildik. Bundan oldingi tadqiqotlarda universal hisoblangan “Yer” tushunchasi asosan sinxron tadqiqotlarda yer haqidagi bilimlar (geologiya) jo‘g‘rofiy, tektonik, toponimik va topografik kabilar nuqtai nazardan o‘rganilgan (A.Beruniy, A.Arxangelskiy, A.Wegener, G.Hess, A.Abidov va hk.), ammo bu muhim va ko‘p qirrali tushunchani tilshunoslik sohasida ham to‘liq va har tomonlama o‘rganish kognitiv va lingvomadaniy bilimlarni boyitishga xizmat qiladi. Tilshunoslikning til va tafakkur, til va madaniyat, til va jamiyat kesimidagi yo‘nalishlari doirasida “Yer-Tierra” leksemasining kognitiv-semantik va milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganish haligacha olib borilmagani ham ushbu maqola mavzusining dolzarbligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: leksema, konsept, Yer, Tierra, funksional-semantik model, kognitiv-semantik model.

Jurnaldagi sahifalar: 309 - 316

Yuklab olish