06.03.2023
192
ODAM SAVDOSI YOXUD “ZAMONAVIY QULLIK”KA QARSHI KURASHISH MUAMMOLARI

Muallif: Dadaboyeva, Jumagul Anvarovna; Mamadaliyeva, Muazzamxon

Annotatsiya: Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, ular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo‘layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Odam savdosidek og‘ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qiladi. Achinarlisi, XX asr oxirlariga kelib, odam savdosi butun insoniyatga qarshi asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda global xarakter kasb etib borayotgan ushbu muammoga qarshi nafaqat yurtimizda balki, butun dunyo mamlakatlarida odam savdosiga qarshi kurashishning samarali choralari izlanmoqda.

Kalit so'zlar: Odam savdosi, transmilliy jinoyatlar, huquqiy madaniyat, inson huquq va erkinliklari, jinoyatchilikka qarshi kurash, xalqaro hamkorlik, davlat organlari.

Jurnaldagi sahifalar: 807 - 812

Yuklab olish