Muallif: Tursunova, Adolat Abdug‘affor qizi
Annotatsiya: Ushbu maqola orqali notarial mediatsiya jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning huquqiy va psixologik chegaralari tahlil qilinadi. Mediatsiya jarayonini tashkil qilish va olib borishning onlayn formati samaradorligi ko‘plab olimlar tomonidan e’tirof etilgan bo‘lsada, uning inson omili bilan bog‘liq fundamental kamchiliklarini ya’ni shaxsning emotsional holatini to‘liq qamrab olmasligi, iroda erkinligini ta'minlashdagi zaifligi va ko‘z kontaktining yo'qolishini ilmiy asoslaydi. Notarial institutda ishlarni masofaviy tashkil qilish va olib borish samarali bolsa-da, notarial mediatsiyani onlayn olib borish kutilgan ijobiy natijani kafolatlay olmasligi mumkinligini, bundan tashqari, milliy mentalitet va qadryatlarda muloqotning an’anaviy shakli ustunligi sohani raqamlashtirishda chegaralarni vujudga keltirishi mumkinligi tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, notarial mediatsiya jarayoni oddiy texnik kelishuv emas, balki ontologik transformatsiyadir, ya’ni, masala faqat shakl o‘zgarishi emas, balki mediatsiyaning mohiyati va tabiati o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Kalit so'zlar: online mediatsiya, (ADR), E-notariat, milliy qadryatlar, psixologik to‘siqlar, emotsional chegara, xavfsizlik muammolari, gibrid format.
Jurnaldagi sahifalar: 563 - 568