18.11.2025
10
NEYROPEDAGOGIKA ASOSIDA OLIY TA’LIM TALABALARI ILMIY-METODIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Muallif: Normatov, Otaxon Masharibovich

Annotatsiya: Tadqiqotimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarida ilmiy-metodik kompetensiyani shakllantirishning nazariy asoslarini tahlil qilish hamda ushbu jarayonni neyropedagogika yondashuvi asosida rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashga qaratildi. Ilmiy-metodik kompetensiyaning mazmuni aniqlanib, uning tarkibiy tuzilmasi ilmiy-tadqiqot savodxonligi, analitik va tanqidiy fikrlash, metodik loyihalash, innovatsion pedagogik faoliyat va reflektiv yondashuv komponentlari asosida tizimlashtirildi. Adabiyotlar sharhi natijalari shuni ko‘rsatdiki, an’anaviy ta’lim yondashuvlari ilmiy-metodik kompetensiyani rivojlantirishda yetarli samaradorlik bermaydi, neyropedagogika esa ta’limni miyaning tabiiy o‘rganish qonuniyatlariga asoslash orqali kognitiv faollikni oshiradi, ilmiy izlanish motivatsiyasini kuchaytiradi va metodik tafakkurni rivojlantiradi. Tadqiqot doirasida neyropedagogik jarayonlar asosida ilmiy-metodik kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirishni ta’minlovchi model ishlab chiqildi va uning nazariy asoslari yoritildi. Natijalar oliy ta’lim tizimida neyropedagogika asosida tashkil etilgan ta’lim muhitining talabalarning ilmiy-metodik salohiyatini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega ekanini tasdiqlaydi.

Kalit so'zlar: ilmiy-metodik kompetensiya; neyropedagogika; kognitiv ta’lim; metodik tayyorgarlik; ilmiy izlanish; innovatsion faoliyat; refleksiya; neyrofaol ta’lim texnologiyalari.

Jurnaldagi sahifalar: 394 - 403

Yuklab olish