16.12.2021
376
Nasirov, M. X., Tolaboyev, D. X., & Yulchiyev, I. I. (2021). INSON SO ‘LAGINING KRISTALLOGEN XUSUSIYATLARINI BAHOLASH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 510-516.

Muallif: Nasirov M.X., Tolaboyev D.X., Yulchiyev I.I.

Annotatsiya: Diagnostikaning yangi usullarini ishlab chiqish, shuningdek amaldagi usullar imkkoniyatlarini kengaytirish tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib kelgan va bo’lmoqda. Ushbu soxani yoritilishida organizmdagi biologik suyuqliklarni laboratoriya usullari yordamida o’rganish aloxida ahamiyatga ega. Yangi diagnostika usularini barpo qilish, hamda mavjud usullar imkoniyatlari kengaytirish tibbiyotning dolzarb mummolari hisoblanadi. Hozirda mavjud diagnostikaning laboratoriya usullarini o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ularning diagnostik axborot berish imkoniyati biologik suyuqliklarning sifat va miqdor xarakteristikalarini o’zgarish miqdoriga asoslangan, ya’ni organizmdagi patologik jarayonlarning rivojlanish bosqichi shunday bo’lishi kerakki ularning ta’siri natijasi taxlil kilinayotgan biomaterialarning miqdorini etarli darajada o’zgarishiga olib kelishi kerak. Bu soxada biologik suyuqliklarni kristalanishi va unda xosil bo’ladigan kristallarning morfologik tarkibini organizmdagi patologik jarayonlar bilan bog’liqligini aniqlash va u orqali diagnostik belgilarni va klinik amaliyotga qo’lash aloxida axamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: Diagnostika, biologik suyuqlik, degidratatsiya, degidratatsiya, tibbiyot, patologik, organizm, simptom, klinik laboratoriya, kristalanish, morfologik tarkibi, komponentli suyuqlik.

Yuklab olish