21.12.2025
61
NAMANGANDA GUL SAYLI: SHAXSIY TASHABBUSDAN XALQARO FESTIVALGACHA

Muallif: Sulaymonov, Mo‘minjon Yusubjonovich; Payziyev, Komiljon Sobirovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada Namangan shahrida gullarga bo‘lgan qadimiy e’tibor, gulchilik an’analari va “Gullar bayrami”ning shakllanish tarixi ilmiy manbalar hamda tarixiy dalillar asosida yoritiladi. Xususan, Boburiylar davridan boshlab Namangan hududida gulchilikning rivojlanishi, XIX–XX asrlarda ushbu an’ananing yangi bosqichga ko‘tarilishi, mahalliy va xorijiy gulchilarning faoliyati, shuningdek, 1961-yildan boshlab gul bayramining ommaviy sayil va festival sifatida shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda gul bayramining milliy qadriyatlar, madaniy meros va turizm rivojidagi o‘rni ham ochib berilgan.

Kalit so'zlar: xalq sayllari, gul sayli, gul bayrami, festivallar, gulchilar, gul ishqibozlari, gul savdosi, xalqaro sayllar, ko‘ngilochar tadbirlar, milliy qadriyatlar, qadimiy an’analar, turizm, madaniy meros, tarixiy obidalar.

Jurnaldagi sahifalar: 238 - 244

Yuklab olish